E'lonlar
Rasmiy e'lonlar va xabarlar
Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar Yengil sanoat tarmog‘ini tizimli rivojlantirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror doirasida Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy, tashkiliy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi. Qarorning asosiy maqsadlari Qaror quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan: yengil sanoat korxonalarining barqaror faoliyatini ta’minlash; eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish; xalqaro standart va talablarga mos mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv amaliyotlarini joriy etish; kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash. Qaror doirasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar Jamg‘arma tomonidan yengil sanoat korxonalariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatiladi: xalqaro standartlashtirish va sertifikatlash tizimlarini joriy etish; yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish; eksportoldi moliyalashtirish; sug‘urta mukofoti xarajatlarini qoplash; mahsulotlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish; xorijiy bozorlarda savdo infratuzilmasini tashkil etish; xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarni jalb qilish; ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish; moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish; brendlarni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish; subsidiya va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shakllari. Qarorning ahamiyati Mazkur qaror yengil sanoat korxonalarining moliyaviy yukini kamaytirish, ularning eksport bozorlariga chiqishini osonlashtirish hamda mahsulot sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Qaror yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar, qulay sharoitlar va aniq moliyaviy mexanizmlarni taqdim etuvchi muhim hujjat hisoblanadi. Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: 🔗 https://adli.uz/ Agentlikning rasmiy sayti orqali mazkur qaror matni bilan tanishish mumkin: 🔗 https://api-portal.gov.uz/uploads/363/2026/02/11/f4c03628-cb30-44c3-6750-67d2a17148f1_media_.pdf