Asosiy / Yangiliklar / Batafsil
26.01.2026 · Ko'rilgan: 5

“Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tijorat taklifi

“Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tijorat taklifi
“Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etish so‘rovi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi yengil sanoat mahsulotlari hamda ishlab chiqaruvchilar haqida ochiq (ommaviy) ma’lumotlarni yagona platformada jamlash, kataloglash va keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida “Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etishni rejalashtirmoqda. Mazkur tizimni yaratish va joriy etish bo‘yicha ijrochi tashkilotni aniqlash uchun bozor ishtirokchilaridan tijorat taklifi taqdim etilishi so‘raladi. Ushbu e’lon tender/konkursning o‘zi emas. Muhim shart: Tizimni ishlab chiqish bilan birga, davlat standartlari va belgilangan me’yoriy talablar asosida texnik topshiriq hujjatini ishlab chiqish ham ijrochi (ishlab chiquvchi) kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Tijorat taklifini tayyorlash uchun asos: “Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” sayti bo‘yicha texnik talabni yuklab olishingiz mumkin. Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi so‘raladi: — kompaniya rekvizitlari va aloqa shaxsi; — ishlar tarkibi va bajarish muddati (jumladan: texnik topshiriqni ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni yaratish, sinovdan o‘tkazish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash); — umumiy qiymat (QQS bilan/QQSsiz) va imkon bo‘lsa bosqichlar kesimida; — kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlash shartlari. Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 2026-yil 26-yanvar — 2026-yil 6-fevral. Taqdim etish tartibi: Tijorat takliflari elektron pochta orqali qabul qilinadi: info@adli.uz E-mail mavzusi: “Tijorat taklifi — Yengil sanoat mahsulotlari katalogi”. Izoh: Kelib tushgan tijorat takliflari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Quyidagi texnik talabni yuklab oling!