05.02.2026 · Ko'rilgan: 4
O‘zbekiston–Pokiston: tayyor kiyim-kechak sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Pokistonning Uniworth Apparel (Private) Limited kompaniyasi vakili janob Shehrooz Bin Yaqoob bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, dizayn va brending, shuningdek eksport yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston yengil sanoatining zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi, klaster tizimi hamda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Mazkur kompaniya xalqaro brendlar bilan ishlash tajribasiga ega ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.