E'lonlar

Rasmiy e'lonlar va xabarlar

TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
16.02.2026 Ko'rilgan: 7
TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar Yengil sanoat tarmog‘ini tizimli rivojlantirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror doirasida Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy, tashkiliy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi. Qarorning asosiy maqsadlari Qaror quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan: yengil sanoat korxonalarining barqaror faoliyatini ta’minlash; eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish; xalqaro standart va talablarga mos mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv amaliyotlarini joriy etish; kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash. Qaror doirasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar Jamg‘arma tomonidan yengil sanoat korxonalariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatiladi: xalqaro standartlashtirish va sertifikatlash tizimlarini joriy etish; yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish; eksportoldi moliyalashtirish; sug‘urta mukofoti xarajatlarini qoplash; mahsulotlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish; xorijiy bozorlarda savdo infratuzilmasini tashkil etish; xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarni jalb qilish; ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish; moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish; brendlarni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish; subsidiya va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shakllari. Qarorning ahamiyati Mazkur qaror yengil sanoat korxonalarining moliyaviy yukini kamaytirish, ularning eksport bozorlariga chiqishini osonlashtirish hamda mahsulot sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Qaror yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar, qulay sharoitlar va aniq moliyaviy mexanizmlarni taqdim etuvchi muhim hujjat hisoblanadi. Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: 🔗 https://adli.uz/ Agentlikning rasmiy sayti orqali mazkur qaror matni bilan tanishish mumkin: 🔗 https://api-portal.gov.uz/uploads/363/2026/02/11/f4c03628-cb30-44c3-6750-67d2a17148f1_media_.pdf

“Yengil sanoatning yagona portali”ni joriy etish bo‘yicha tijorat taklifi
26.01.2026 Ko'rilgan: 5
“Yengil sanoatning yagona portali”ni joriy etish bo‘yicha tijorat taklifi
“Yengil sanoatning yagona portali”ni joriy etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etish so‘rovi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi yengil sanoat sohasida kreditlar, subsidiyalar va kompensatsiyalar bo‘yicha arizalarni qabul qilish hamda ko‘rib chiqish jarayonlarini, shuningdek yarmarkalarni tashkil etish va ularda ishtirok etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “Yengil sanoatning yagona portali” axborot tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda. Mazkur tizimni yaratish va joriy etish bo‘yicha ijrochi tashkilotni aniqlash uchun bozor ishtirokchilaridan tijorat taklifi taqdim etilishi so‘raladi. Ushbu e’lon tender/konkursning o‘zi emas. Muhim shart: Tizimni ishlab chiqish bilan birga, davlat standartlari va belgilangan me’yoriy talablar asosida texnik topshiriq hujjatini ishlab chiqish ham ijrochi (ishlab chiquvchi) kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Tijorat taklifini tayyorlash uchun asos: “Yengil sanoatning yagona portali” bo‘yicha texnik talablar yuklab olishingiz mumkin. Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi so‘raladi: — kompaniya rekvizitlari va aloqa shaxsi; — ishlar tarkibi va bajarish muddati (jumladan: texnik topshiriqni ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni yaratish, sinovdan o‘tkazish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash); — umumiy qiymat (QQS bilan/QQSsiz) va imkon bo‘lsa bosqichlar kesimida; — kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlash shartlari. Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 2026-yil 26-yanvar — 2026-yil 6-fevral. Taqdim etish tartibi: Tijorat takliflari elektron pochta orqali qabul qilinadi: info@adli.uz E-mail mavzusi: “Tijorat taklifi — Yengil sanoat yagona portali”. Izoh: Kelib tushgan tijorat takliflari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Texnik talabni yuklab oling:
“Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tijorat taklifi
26.01.2026 Ko'rilgan: 5
“Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tijorat taklifi
“Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etish so‘rovi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi yengil sanoat mahsulotlari hamda ishlab chiqaruvchilar haqida ochiq (ommaviy) ma’lumotlarni yagona platformada jamlash, kataloglash va keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida “Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” saytini ishlab chiqish va joriy etishni rejalashtirmoqda. Mazkur tizimni yaratish va joriy etish bo‘yicha ijrochi tashkilotni aniqlash uchun bozor ishtirokchilaridan tijorat taklifi taqdim etilishi so‘raladi. Ushbu e’lon tender/konkursning o‘zi emas. Muhim shart: Tizimni ishlab chiqish bilan birga, davlat standartlari va belgilangan me’yoriy talablar asosida texnik topshiriq hujjatini ishlab chiqish ham ijrochi (ishlab chiquvchi) kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Tijorat taklifini tayyorlash uchun asos: “Yengil sanoat mahsulotlari katalogi” sayti bo‘yicha texnik talabni yuklab olishingiz mumkin. Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi so‘raladi: — kompaniya rekvizitlari va aloqa shaxsi; — ishlar tarkibi va bajarish muddati (jumladan: texnik topshiriqni ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni yaratish, sinovdan o‘tkazish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash); — umumiy qiymat (QQS bilan/QQSsiz) va imkon bo‘lsa bosqichlar kesimida; — kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlash shartlari. Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 2026-yil 26-yanvar — 2026-yil 6-fevral. Taqdim etish tartibi: Tijorat takliflari elektron pochta orqali qabul qilinadi: info@adli.uz E-mail mavzusi: “Tijorat taklifi — Yengil sanoat mahsulotlari katalogi”. Izoh: Kelib tushgan tijorat takliflari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Quyidagi texnik talabni yuklab oling!